25/08/2026
Yurtimiz bo'ylab mehr-oqibat va saxovat tadbirlari davom etmoqda
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan respublikamizning barcha viloyatlarida mehr-oqibat, saxovat va inson qadrini ulug'lashga qaratilgan xayriya tadbirlari keng nishonlanmoqda.
"Mahalla" xayriya jamoat fondi tomonidan kam ta'minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlarini qo'llab-quvvatlash maqsadida turli hududlarda xayriya tadbirlari tashkil etilmoqda. Ushbu tadbirlar doirasida yangi o'quv yiliga tayyorgarlik ko'rayotgan ehtiyojmand oilalar farzandlariga maktab formalari topshirilib, bolajonlarning o'quv yilini ko'tarinki kayfiyatda boshlashlari uchun zarur sharoit yaratilmoqda.
Bunday ezgu ishlar xalqimizga xos mehr-oqibat, hamjihatlik va insonparvarlik fazilatlarining amaliy ifodasi bo'lib, Respublikamiz bo'ylab ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo'llab-quvvatlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.