Fond haqida
O'zbekiston "Mahalla" xayriya jamoat fondi — 1992-yildan buyon faoliyat yuritayotgan, nodavlat notijorat tashkilot sifatida mahalla va aholini ijtimoiy qo'llab-quvvatlashga xizmat qiladi.
Tashkil topishi
Huquqiy holati
Fond maqomi
Tuzilishi
- Vasiylik kengashi
- Respublika boshqaruvi
- Hududiy bo'limlar (viloyatlar va Toshkent shahar bo'limi)
Asosiy vazifalari
Fuqarolar yig'inlariga ijtimoiy-siyosiy barqarorlik, tinchlik va osoyishtalikni ta'minlashda hamkorlik qilish, aholining yashash sharoitlarini yaxshilashda yordam va moliyaviy ko'maklashish
Fuqarolar yig'inlari faoliyati bilan bog'liq xarajatlarni, xodimlarga yillik moddiy yordamni va boshqa xarajatlarni moliyalashtirish
Fuqarolar yig'inlari faoliyatini o'rganish, tahlil qilish, ularning manfaatlarini qonun asosida himoya qilish, istiqbolli g'oya va loyihalarni moliyaviy qo'llab-quvvatlash
Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar, yolg'iz keksalar, faxriylar, nogironlar, yetim-yesirlar hamda tabiiy ofatlardan zarar ko'rgan fuqarolarga moddiy-ma'naviy yordam, uy-joylarini ta'mirlash va xorijda davolanishda ko'maklashish
Fuqarolar yig'inlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, binolarini ta'mirlash, qurish va yangi bino bilan ta'minlashda moliyaviy ko'maklashish
Hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy holatni yaxshilash, aholini toza ichimlik suvi bilan ta'minlash, ichki yo'llar va ko'p qavatli uy-joylarni ta'mirlashda yordam
Ijtimoiy-iqtisodiy sohalarni rivojlantirish, ilg'or texnologiyalarni joriy etish, ma'naviy-madaniy tadbirlar va ko'rgazmalarni moliyaviy qo'llab-quvvatlash
Epidemiya va pandemiyaga qarshi kurashish, aholiga ko'rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini yaxshilash, fuqarolarning ijtimoiy himoyasi va salomatligini mustahkamlash
Tegishli tashkilotlar, xalqaro va xorijiy yuridik-jismoniy shaxslar bilan hamkorlikda startap biznes-loyihalarni ijtimoiy sheriklik asosida amalga oshirish, ilm-fan va ishlab chiqarish sohalarini qo'llab-quvvatlash
Hamkorlik yo'nalishlari
Fond quyidagi yo'nalishlarda davlat organlari, xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan faol hamkorlik qiladi:
Urf-odat va qadriyatlarni targ'ib qilish, nomoddiy meroslarni asrash va ulardan foydalanish dasturlarida ishtirok etish
Gender tenglikka erishish strategiyasini amalga oshirishda ko'maklashish
Ayollar va yoshlarni kasb-hunarga o'rgatish, ijtimoiy xizmatlar tizimini rivojlantirishda ishtirok etish
Hududlarda elektr energiya ta'minotini yaxshilash, energiya tejovchi va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish
Turizm sohasini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish
Hunarmandchilik, xalq badiiy va amaliy san'atini rivojlantirishda ko'maklashish, jumladan xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlik
Favqulodda holatlarda (yong'in, toshqin, sel, qor ko'chishi, yer ko'chkisi va boshqalar) jabrlangan fuqarolarga birinchi, ijtimoiy va moddiy yordam ko'rsatish
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, Orolbo'yi mintaqasidagi ekologik holatni yaxshilash, daraxt ekish tadbirlarini tashkil etish
Aholi o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib etish, sport tadbirlarini tashkil etish
Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish va huquqlarini himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlar, biznes muhiti samaradorligini oshirishga ko'maklashish
Hududiy bo'limlar
Toshkent viloyati
Hamkorlik taklifingiz bormi?
Ijtimoiy loyihalar, xayriya tadbirlari yoki boshqa yo'nalishlarda hamkorlik qilishni istasangiz — biz bilan bog'laning.
Hamkorlik taklifini yuborish →