23/08/2026
NURONIYLARGA EHTIROM — MILLIY QADRIYATIMIZ
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan Farg‘ona shahrida uzoq yillar mehnat qilib, shahar taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shgan mehnat faxriylari va nuroniylar uchun bayram dasturxoni tashkil etildi.
Tadbirda Farg‘ona shahar hokimi so‘zga chiqib, nuroniylarni ulug‘ ayyom — Mustaqillik bayrami bilan samimiy muborakbod etdi. Shuningdek, mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar, ayniqsa, so‘nggi 10 yillikda yurtimizda ro‘y bergan bunyodkorlik ishlari, ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi yangilanish va o‘zgarishlar haqida so‘z yuritdi.
Nuroniylar xalqimizning boy hayotiy tajribasi, ezgu an’analari va ma’naviy qadriyatlarini yosh avlodga yetkazishda muhim o‘rin tutadi. Ularning hayot yo‘li va mehnat faoliyati bugungi bunyodkorlik ishlariga munosib namuna bo‘lib xizmat qilmoqda.