Sayt test rejimida ishlamoqda
07/08/2026

“Mahalla” xayriya jamoat fondi vakillari ETTBning Riga shahridagi Fuqarolik jamiyati forumida ishtirok etdi

Mazkur xalqaro tadbirda “Mahalla” xayriya jamoat fondi nomidan Sagina Zarifova va Sayfullo Djabbarov ishtirok etdi.Forumda fuqarolik jamiyatining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishdagi o‘rni, mahallalarning barqaror taraqqiyotdagi roli, xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlik, xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy tadbirkorlik hamda mahalla tizimida shaffoflik va hisobdorlik masalalari muhokama qilindi.
Tadbir davomida 12 dan ortiq sessiya, 4 ta ishchi guruh va 2 ta amaliy seminar tashkil etilib, 30 dan ortiq mamlakatdan mutaxassislar, siyosatchilar va nodavlat tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
Alohida sessiyalarda raqamli transformatsiya, sun’iy intellekt, elektron demokratiya, GIS texnologiyalari, xayriya fondlarining moliyaviy barqarorligi va ijtimoiy ta’sirni baholash kabi zamonaviy yo‘nalishlar bo‘yicha xalqaro tajribalar o‘rganildi.
Forum doirasida “Mahalla” fondi vakillari xorijiy hamkasblar va xalqaro ekspertlar bilan uchrashib, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, mahalla asosidagi ijtimoiy himoya, grantlarni boshqarish, kadrlar salohiyatini oshirish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashdi.
Tadbir yakunlari “Mahalla” fondi uchun xalqaro hamkorlikni kengaytirish, ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish va mahalla darajasidagi ijtimoiy loyihalarni yanada rivojlantirish borasida muhim imkoniyatlar yaratdi.