Sayt test rejimida ishlamoqda
13/07/2026

2-iyul – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun munosabati bilan "Mening Vatanim ramzlari" mavzusida rasmlar tanlovi tashkil etildi.

Tadbirda 30 nafardan ortiq ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisini yoʻqotgan oilalar farzandlari ishtirok etdi. Rasmlar tanlovida faol qatnashgan barcha ishtirokchilar hamda 1-, 2- va 3-oʻrin sohiblari esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Shuningdek, "Mahalla" fondi Ustavining 3.2-bandi ijrosini taʼminlash maqsadida ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisini yoʻqotgan hamda nogironligi boʻlgan shaxslarni qoʻllab-quvvatlash yuzasidan xayriya tariqasida oziq-ovqat jamlanmalari tarqatildi.