Sayt test rejimida ishlamoqda
02/07/2026

Uchrashuv bo'lib o'tdi

TOSHKENT — Mamlakatimizda mahalla institutini yanada rivojlantirish hamda joylardagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni tizimli hal etish maqsadida fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari), soha mutasaddilari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida kengaytirilgan uchrashuv va matbuot anjumani oʻtkazildi.

Tadbir davomida soʻnggi yillarda mahalla raislarining jamiyatdagi mavqeyini oshirish va ularning vakolatlarini kengaytirish boʻyicha qabul qilingan davlat dasturlari ijrosi tahlil qilindi. Muloqotda aholi bandligini taʼminlash, ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilalar bilan manzilli ishlash, "mahalla yettiligi" hamkorligini kuchaytirish hamda hududlarda kambagʻallikni qisqartirish masalalari diqqat markazida boʻldi.Yakunda mahalla raislari oʻz hududlaridagi kommunal va huquqiy muammolar yuzasidan takliflar bildirdilar, mutasaddilar esa bu borada "yoʻl xaritalari" ishlab chiqilishini taʼkidladi.

Batafsil: Bu yerda